2025-yil 1-yanvar kunidan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti toʻxtatiladi

    Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilish lozim boʻladi.

    Toshshahartransxizmat AJ axborot xizmatining maʼlumot berishicha, endilikda naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun, Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida oʻrnatilgan barcha toʻlov qurilmalari yaʼni, Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilish lozim boʻladi.

    Yoʻl haqini tez va arzon toʻlash uchun esa elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishingizni tavsiya etiladi.