Ayni paytda metropolitenda yölovçilar oqimining yuqoriligini inobatga olgan holda, qöşimça zaxira harakat tarkiblarini jalb etiş orqali poyezdlar harakati oraliğidagi intervallarni örtaça 2–3 daqiqagaça qisqartiriş çoralari izçil davom ettirilmoqda.
Şu bilan birga, 5 vagonli harakat tarkiblari joriy yilning 20-noyabridan boşlab yölovçilar taşiş jarayoniga jalb etilişi haqidagi xabar haqiqatga mos kelmaydi.
Taʼkidlaş joizki, 5 vagonli harakat tarkiblarini joriy etiş böyiça “Toşkent metropoliteni” AJ, Transport vazirligi hamda Toşkent şahar Kengaşi bilan kelişilgan holda tegişli taşkiliy işlar olib borilmoqda. Xususan, qöşimça vagonlarni xarid qiliş böyiça konsepsiya işlab çiqilgan.
Mazkur jarayonda vagonlarni işlab çiqariş, xarid qiliş va Toşkent şahriga yetkazib keliş muddatlari hamda taşkiliy masalalar inobatga olingan holda, 2027-yil sentabr oyiga qadar mavjud harakat tarkiblarining 80 foizini, yaʼni 54 ta harakat tarkibini 5 vagonli şaklga ötkaziş rejalaştirilgan.
Şu munosabat bilan, jamoatçilikdan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan maʼlumotlarni ulaşişda rasmiy manbalarda eʼlon qilingan axborotlarga tayanişlari söradi.