Bu jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan 2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Loyihada keltirilishicha, “Urganch-Xiva” yoʻnalishiga yangi 10 ta trolleybuslarni xarid qilish choralari koʻriladi.
Shuningdek, Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta elektrobuslarni hamda ular uchun quvvatlash uskunalarini olib kelinadi.
Nukus (50 ta), Samarqand (250 ta) va Namangan (50 ta) shaharlari jamoat transporti uchun jami 350 ta elektrobuslar va hamda ular uchun quvvatlash uskunalarini harid qilish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqiladi.