Oʻtgan 2025-yilning dastlabki 6 oyi davomida mamlakatimiz boʻylab “103” xizmatiga jami 6 million 912 ming 243 ta chaqiriq kelib tushdi. Oʻtgan yilning ayni shu davriga nisbatan bu yil murojaatlar soni 8,4 foizga oshdi, deya xabar beradi SSV axborot xizmati.

Chaqiruvlar:

  • 4 million 992 ming 108 tasi shoshilinch koʻrsatma bilan,
  • surunkali kasalliklar – 1 ming 802 ming 348 ta,
  • bemorlarni tashish – 66 ming 917 ta,
  • tugʻruqlar – 50 ming 870 tani tashkil qildi.

Eng koʻp murojaatlar:

  • Toshkent shahri — 718 ming 819 ta;
  • Fargʻona viloyati — 681 ming 580 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 661 ming 767 ta;
  • Namangan viloyati — 647 ming 493 ta;
  • Andijon viloyati — 642 ming 366 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq

  • Navoiy viloyati (199 ming 930 ta),
  • Sirdaryo viloyati (221 ming 407 ta) va
  • Jizzax viloyati (267 ming 669 ta) kuzatildi.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 857 ta tibbiy brigada faoliyat yuritmoqda.