Hujjat iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan bo'lib, aholi turmush darajasini, real daromadlarini oshirish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan.
Inflyatsiyadan past bo'lmagan indeksatsiyani nazarda tutgan oldingi strategiyadan (2025-2027) farqli o'laroq, yangi dastur to'lovlarning real o'sishini nazarda tutadi.
Shuningdek, ijtimoiy soliq imtiyozlarini berish shartlarini qat'iylashtirish ko'zda tutilgan. Xususan, 2028-yilgacha xizmat ko'rsatish va servis sohasida – faqat 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar uchun, ularning ish haqi 3 million so'mdan ortiq bo'lgan taqdirda, 2028-yilgacha 1 foiz miqdorida ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini saqlab qolish.
Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilda Pensiya jamg'armasiga davlat byudjetidan transfertlar hajmi 20 trillion so'mdan ortiqni tashkil qilsa, 2028-yilga borib 26 trillion so'mgacha oshadi, bu 2023-yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko'pdir.
Strategiyada hisob-kitoblar ham ko'rsatilgan: davlat sektorida ish haqini 1 foizga oshirish uchun byudjetdan 1,67 trillion so'm mablag' talab etiladi; pensiyalarning xuddi shunday o'sishi – 861 mlrd. Nafaqa oluvchi oilalar sonining 10 foizga oshishi qariyb 1,6 trillion so'mga yaqin qo'shimcha xarajatlarga olib keladi.








