Unda:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Unga koʻra:

1. Umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi. Jumladan:

▪️2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt boʻlgan 4 ta;

▪️2025-2026-yillarda Respublika boʻylab umumiy quvvati 2 400 MVt boʻlgan 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

2. Umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Jumladan:

▪️2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt boʻlgan 4 ta;

▪️2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan 5 ta;

▪️2025-2026-yillarda Respublika boʻylab jami quvvati 1 800 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.

▪️2030-yilga qadar quvvati 1 MVtgacha boʻlgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.

3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimi rivojlantiriladi.