Bu haqda RIA Novosti Moskva planetariysiga tayanib xabar berdi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kometa 17-fevral kuni sayyoramizga eng yaqin masofadan uchib o'tadi. Uning yorqinligi taxminan 8-9 magnitudali bo'ladi. Kometa Janubiy yarim sharda ufqdan balandda joylashgan bo'ladi.

Shimoliy yarim sharda kuzatuv sharoitlari unchalik qulay bo'lmaydi. Vejchosa kometasi quyosh botganidan bir soat o'tgach, janubi-g'arbiy ufqdan pastda paydo bo'ladi, ammo uni topish qiyin bo'ladi.

C/2024 E1 (Vejchosa) kometasi 2024-yil 3 martda polshalik astronom Kasper Vejchos tomonidan kashf etilgan. Uning yadrosining diametri 2-10 kilometr deb taxmin qilinadi. U o'ta cho'zinchoq orbitaga ega. Aylanish davri millionlab yillarni tashkil qiladi. Astronomlar uning oxir-oqibat Quyosh tizimidan chiqib ketishiga ishonishadi.

Kometa 2026-yil 20-yanvarda Quyoshga eng yaqin nuqtadan o'tib, yulduzdan 85 million kilometr masofada joylashgan edi. 17-fevralda u Yerdan 1,0 a.b (astronomik birlik) masofada uchib o'tadi, deb xabar berdi mir24.tv.