баннер
16 Apr 2025
22:41

    2027 yildan boshlab san'atkorlardan daromad solig'i majburiy undiriladi

    2027-yil 1-yanvardan boshlab sanʼatkorlardan daromad soligʻi majburiy tartibda undiriladi.

    Bu haqda bugun, 1-aprel kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan matbuot anjumanida Soliq qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev maʼlum qildi.

    Mubin Mirzayevning aytishicha, ayni paytda Oʻzbekistonda sanʼatkorlardan soliq undirish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.

    Sanʼatkorlar, qoʻshiqchilar amaldagi tartib boʻyicha deklaratsiya toʻldirishi va oʻz daromadlarini koʻrsatishi kerak. Shu asosda soliqqa tortilishi lozim. Tan olish kerakki, juda koʻp sanʼatkorlar bunga rioya qilmayapti. Oʻz daromadlarini toʻliq deklaratsiyalamayapti. Shu sabab ulardan soliq undirilmayapti. Hozir xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida qaror loyihasini tayyorlayapmiz. Biz sanʼatkorlarga 2025 va 2026-yillarda daromadlar deklaratsiyasini toʻgʻrilab, topshirish boʻyicha imkoniyat beramiz. Yaʼni kamchiliklari boʻlsa, koʻrsatib, toʻgʻrilashga yordamlashyapmiz. 2027-yil 1-yanvardan boshlab agar ular oʻz daromadlarini toʻliq koʻrsatmasa yoki soliqlardan qochsa, biz soliq nazorati tekshiruvlari oʻtkazib, soliqlarni hisoblaymiz va undiramiz», dedi qoʻmita maʼsuli.

    Mubin Mirzayevning aytishicha, Oʻzbekistonda 18 million nafardan ortiq jismoniy shaxslar daromadga ega va ularning barchasi soliq toʻlashi kerak.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech