2028-yilida boʻladigan navbatdagi olimpiadaga hozirdan tayyorgarlik koʻrish kerakligi qayd etildi

    Prezidentimiz Parijdagi natijalarni chuqur tahlil qilib, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqargan holda 2028-yili Los-Anjelesda boʻladigan navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini qayd etdi.

    Masalan, Parij olimpiadasida 32 ta sport turi boʻyicha 329 ta medal uchun kurash olib borildi.

    Suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, yengil atletika, eshkakli, baydarka va kanoeda suzish, velosport, oʻq otish va kamondan otish, gimnastika boʻyicha bizda sport federatsiyalari ham, musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish uchun tegishli baza ham bor. Eng muhimi, bu borada iqtidorli sportchilar ham yetarli ekani taʼkidlandi.

    Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari, yunon-rum kurashi, ot sporti, zamonaviy beshkurash, triatlon, qilichbozlik boʻyicha ham hali ishga solinmagan imkoniyatlarimiz juda koʻpligi qayd etildi.