2030-yilgacha 5 ming kilometr tarmoq va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Loyihalarning katta qismi Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Bundan buyon ustuvorlik generatsiya, saqlash va tarmoqlarni birgalikda qamrab oladigan kompleks loyihalarga beriladi. Uzoq muddatli energiya saqlash uchun gidroakkumulyatsiya stansiyalarini qurishda ham investorlar bilan hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston energetikada ichki bozor bilan cheklanmaydi. Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan Kaspiy orqali “yashil” energiyani Yevropaga yetkazish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda. Afg‘oniston va Janubiy Osiyo bozorlar ham istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilandi.