2030-yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish mumkin

    “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yillar uchun katta marralar belgilab olingan.

    Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qoʻyilgan.

    Dastlab bunga ayrimlar shubha yoki ikkilanish bilan qaragan, lekin oʻz vaqtida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgani, barcha imkoniyatlar ishga solingani tufayli bu yilning oʻzida yalpi ichki mahsulot hajmi 110 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

    Yangi Hukumat, barcha rahbarlar birgalikda qattiq ishlab, islohotlar shiddatini pasaytirmasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotimizdagi oʻzgarishlarni jadal davom ettirsa, 2030-yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirildi.

    Bu natijani taʼminlash orqali aholining turmush darajasi va sifatini keskin yaxshilashga erishiladi.

    “Yana bir bor aytaman, bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!”, — dedi Prezident.