2030-yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasi rivojlantiriladi

    Prezidentning “Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–193-son, 27.10.2025-y.) qabul qilindi.

    2030-yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

    • havo transportida xizmat koʻrsatilgan yoʻlovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish;
    • xalqaro va mahalliy yoʻnalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;
    • Oʻzbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish.
    2026-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzaviatsiya” agentligini saqlash uchun Davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi.

    2025-yil yakuni va kelgusi yillar uchun “Oʻzaeronavigatsiya” markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.