2050-yilga borib Toshkentda yozda harorat ancha yuqorilab ketishi aytilmoqda

    2050-yilga borib, poytaxt Toshkentda eng issiq yoz oyi harorati +6,1 darajaga yuqorilab ketishi aytilmoqda.

    Hozirgi yoz oylarining meʼyordan 2-3 daraja yuqorilashiga asta koʻnikyapmiz va bu shu nuqtada toʻxtab turishini anglatmaydi.

    Taʼkidlanishicha, Impact Faktori indeksi yuqori tavsiflangan PLOS.ORG ilmiy jurnalida maqola chop etilgan boʻlib, ishonchli iqlim model maʼlumotlari asosida olimlar dunyodagi 520 ta shahardagi iqlim sharoitining 2050-yilda qanday oʻzgarishga duch kelishini baholagan.

    22 % shaharlarda 30 yildan soʻng kutiladigan iqlim sharoiti hozirgi mavjud bironta shahar iqlimini takrorlamaskan. Chorak asrdan soʻng Moskva iqlimi Sofiyaga, London havosi Barselonaga, Madrid iqlimi hozirgi Marokash iqlimiga oʻxshab ketadi.

    Boshqacha aytganda, kelgusi 30 yillikda shimoliy yarim sharda iqlim mintaqalari 1000 km shimolga koʻchadi (yiliga 20 kmdan), deb yozadi meteorolog, doktorant(phd) E. Abdulahatov oʻzining Uzb_Meteo telegramdagi kanalida.

    Shuningdek, xabarda daraxtlar kesilishi hamda koʻllarning qurib qolishining oldini olish kerakligi haqida ogohlantirilgan.