Tadqiqotchilar 1990-yildan 2020-yilgacha bo'lgan ma'lumotlarni tahlil qilishdi. 204 mamlakatdagi mazkur yo'nalishdagi vaziyat tahlil qilindi. Bu bel og'rig'i shikoyatlari bo'lgan bemorlarning dinamik xaritasini yaratishga imkon berdi.
Olimlarning tadqiqoti 2017-yildan buyon bunday holatlar soni yarim milliarddan oshganini ko'rsatdi. 2020-yilda bel og'rig'i bo'lgan taxminan 619 million bemor borligi aniqlandi. Bel og'rig'idan ko'pincha ayollar aziyat chekishi ma'lum bo'ldi.
Olingan ma'lumotlarga asoslanib, 2050-yilga kelib bel og'rig'i bo'yicha shikoyatlar deyarli 50 foizga oshishi bashorat qilinmoqda. Eng ko'p holatlar Osiyo va Afrikada qayd etiladi. Dunyoda jami 843 million kishi ushbu kasallikdan aziyat chekadi – bu asosan aholi sonining ko'payishi va qarishi tufayli yuz beradi. Bu kelajakda bel og'rig'ining tarqalishini modellashtirish uchun qilingan birinchi tadqiqot, deb xabar beradi lenta.ru.