Mutaxassislarning fikricha, keng ko'lamli muammoning sababi iqlim o'zgarishidir. Bashoratlarga ko'ra, 2071-yilga borib dunyoda suv zaxiralari uchdan bir qismga qisqaradi, 2050-yilga borib birgina AQShda aholi soni qariyb 404 million kishiga ko'payadi.
Olimlarning fikricha, AQShning Kolorado daryosi havzasidagi yettita shtatida yashovchi 40 millionga yaqin, shuningdek, butun dunyo bo'ylab besh milliardga yaqin odam suv tanqisligiga duch keladi. Ular orasida Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Hindiston, Janubiy Koreya, Ruminiya, Moldova, Vengriya va Avstraliya fuqarolari bor, deb xabar beradi mir24.tv.