YUNESKO tashkiloti tomonidan 21-fevral – "Xalqaro ona tili kuni” deb eʼlon qilingan. Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.

 Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning oʻz milliy tafakkuri, maʼnaviyati, ruhiyatining oʻzagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi oʻz aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning oʻz Vatani va oʻz tiliga boʻlgan muhabbati, unga boʻlgan ehtiromi, qadrlash tuygʻulari yangilanadi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida ushbu kun munosabati bilan “Frontal diktant” loyihasi amalga oshirildi. Unda fan oʻqituvchilari, maʼmuriyat xodimlari va 7-8-9-10-sinf oʻquvchilari faol qatnashishdi.

Munojat Moʻminova