Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi. Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida Respublikamizning shimoli-gʻarbiy hududlarida yaʼni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida Quyosh yuzasining 39% dan 50% gacha boʻlgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida esa Quyosh yuzasining 58% gacha boʻlgan qismi Oy tomonidan toʻsiladi. Yurtimizning eng janubiy hududi – Termiz shahrida esa bu qiymat 63% gacha yetadi. Oʻzbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi matbuot xizmati.
Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 51% ini toʻsadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 68° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil etadi. Soat 12:51 da Quyosh tutilishi yakuniga yetadi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan boʻlib, tutilishning boshlanishi, maksimal qiymati va tugashi yurtimizning boshqa hududlarida ham shunga yaqin vaqtlarda va qiymatlarni aks etgan holda yuz beradi.