Buyuk Britaniyalik 21 yoshli Jasmin Xarrison Atlantika okeanini qayiqda yakka suzib oʻtgan eng yosh ayol boʻldi, deb yozadi The Guardian.
Maʼlumotlarga koʻra, y oʻqituvchi va shuningdek, barmen sifatida ishlaydi, sayohatni 2020-yil dekabrida Kanar orollaridan (La Gomera oroli) boshlagan. Uning Karib dengizidagi Antigua oroliga etib borishi uchun 70 kun, uch soat va 48 daqiqa vaqt ketgan.
Xarrisonning aytishicha, u qayiqda 4828 km (3000 mil) masofani suzib oʻtgan. Uning soʻzlariga koʻra, sayohatdan “yaxshi va yomon xotiralar” qoladi.
Taʼkidlanishicha, oʻqituvchi yoʻlda bir qator muammolarga duch kelgan. Uning qayigʻi fevral oyi boshida agʻdarilib ketgan. Ikki kun oldin ham bu yana takror sodir boʻlib, natijada qiz tirsagidan jarohat olgan, deb yozadi gazeta.
Shu vaqtga qadar Atlantika okeanidan yolgʻiz suzib oʻtgan eng yosh ayol amerikalik Keti Spots edi. U buni 2010-yilda, 22 yoshida amalga oshirgan.