2100-yilga borib Yer hududining deyarli yarmi yangi iqlim zonalariga kirishi mumkin. Bu Virjiniya universiteti tadqiqotida aytildi.

Iqlim o'zgarishi shunchalik shiddatli bo'ladiki, 1880-yillarda yaratilgan xaritalarni qayta ko'rib chiqishga to'g'ri keladi.

“Asr oxiriga borib, yer yuzidagi quruqlikning 38-50 foizi hozirgidan farq qiladigan iqlim zonasida bo'lishi taxmin qilinmoqda”, – deydi olimlar.

Ularning fikricha, agar insoniyat yaqin kelajakda atmosferaga chiqindilarni kamaytirmasa, global isish sur'ati tezlashadi.

Oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimlari xavf ostida bo'ladi. Chivinlardan yuqadigan kasalliklar ham tarqaladi.

Yevropa va Shimoliy Amerikaning sovuq zonalarida o'zgarishlar kutilmoqda. 2100 yilga kelib Yevropaning 89 foizi va Shimoliy Amerikaning 66 foizi boshqa iqlim zonasiga kiritilishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.