213 mingdan ortiq aholi “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish istagini bildirdi

    Sport 6 Dekabr 2023 1333

    Arizachilarning 199 611 nafari ixtiyoriy talablar boʻyicha 13 420 nafari maxsus talablar boʻyicha “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirmoqchi.

    Joriy yilning sentyabr-noyabr oylari davomida 213 031 nafar fuqaro “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish istagini bildirib, my.sport.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, arizachilarning 199 611 nafari ixtiyoriy talablar boʻyicha 13 420 nafari maxsus talablar boʻyicha “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirmoqchi.

    Yosh toifalari boʻyicha arizalar tahlil qilinganda 15-17 yosh toifasida 172 369 ta, 18-29 yosh toifasida 11 271 ta, 30-49 yosh toifasida 23 282 ta, 50-70 yosh toifasida 6 109 ta arizalar kelib tushdi.

    “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish boʻyicha eng koʻp arizalar Namangan (54 549 ta), Fargʻona (42 202 ta), Xorazm (30 974 ta), Samarqand (24 209 ta) viloyatlaridan qabul qilindi.