Bayram 2009-yilda BMT Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 50 dan ortiq davlat vakillari tomonidan ma'qullangan.
Ma'lumki, Yer sayyorasi vujudga kelganiga qariyb to'rt yarim milliard yil bo'lgan. Uning 29 foizdan ortiqrog'i quruqlikka, qolgan qismi esa dengiz va okeanlarga to'g'ri keladi. Ishlov beriladigan maydonlar esa bor-yo'g'i 11 foizni tashkil qilishiga qaramasdan, insonlar uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini yetishtirib beradi.
22-aprel sanasida ana shu jihatlarga e'tibor qaratilib, bu kun turli mamlakatlarda insonlarni sayyoramiz yagonaligini his etish, barcha kuchlarni dunyoda xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlaydi.