238 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari talon-toroj qilinganligi fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari F.S. va AT “Xalq banki” tuman filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.E.” MCHJ rahbari F.S. AT “Xalq banki” tuman filiali mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarni goʻyoki hunarmandchilik, tikuvchilik va issiqxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyilganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlab, 12 nafar fuqarolar nomiga 238 mln. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishiga erishib, shundan, 169,7 mln. soʻmini jamiyatning kredit qarzdorligini qoplash va 68,3 mln. soʻmini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborib talon-toroj qilganligi aniqlangan.