Ularga nisbatan belgilangan qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida jamoatchilik nazorati va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirildi.

Bunda ushbu fuqarolarning Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealarda sodir etgan qilmishlaridan pushaymon ekani, qaramogʻida Voyaga yetmagan farzandlari borligi, shuningdek, oilaviy sharoiti ogʻir ekani, baʼzi shaxslarning oilada yolgʻiz boquvchi boʻlgani eʼtiborga olindi, deya xabar beradi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati.

Qayd etish lozimki, Komissiya aʼzolari oʻz faoliyatini boshlaganidan buyon fuqarolar murojaatlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Har bir murojaat darhol oʻrganilib, tegishli choralar koʻrilmoqda. Bugun 24 nafar gumonlanuvchining jamoat kafilligi asosida oʻz oilasiga qaytarilishi ham ushbu say-harakatlarning natijasidir.

Eslatib oʻtamiz, boʻlib oʻtgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish boʻyicha tergov jarayonlari davom etmoqda.