Maʼlum qilinishicha, payshanba-juma kunlari Sibir antitsikloni chekinishi hisobiga mahalliy xususiyatga ega iliq xavo massalari rivojlanib, kechalari 0 va undan yuqori xavo harorati, kunduz kunlari esa 7-12 daraja iliq harorat kutiladi.
Juma kuni tushdan soʻng beqaror ob-havo kuzatila boshlaydi, respublikamizga gʻarbdan toʻyingan nam xavo oqimlari kirib kelishi hisobiga, avvaliga respublikaning shimoliy hududlari (Qor.Resp., Xorazm viloyati), Markaziy qismi (Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari), Qashqadaryo va Suxxondaryo hududlarida, shuningdek kechga borib Toshkent shahri va viloyatida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kutiladi.
Dam olish kunlari Fargʻona vodiysida ham yogʻingarchiliklar boʻlishi kutilmoqda.