Bu vulqonlarning faollashishiga va karbonat angidrid miqdorining oshishiga olib keladi.

Oxirgi super qit'a – Pangeya taxminan 200 million yil oldin bo'linib ketgan.

Olimlarning fikricha, keyingi Pangeya Ultima ekvatorda 250 million yildan keyin hosil bo'ladi. Bu Atlantika okeani qisqarganda va birlashgan Afro-Yevroosiyo qit'asi Amerika bilan to'qnashganda sodir bo'ladi.

Bristol universitetining (Buyuk Britaniya) Aleksandr Farnsvort boshchiligidagi olimlari kelajakdagi super qit'aning iqlimini modellashtirishdi.

Vulqon faolligi sayyorani “isitishi” kutilmoqda. Super vulqonning aksariyat qismida havo harorati 40°C dan oshadi.

Pangeya Ultima markazidagi hududlar cho'lga aylanadi. Bunday sharoitda sutemizuvchilarning katta qismi omon qolmaydi.

Eng yomon ssenariy yuz bergan taqdirda yerning atigi 8 foizi ularning hayoti uchun mos keladi. Hozirgi vaqtda bu qism 66 foizni tashkil qiladi, deb xabar beradi korrespondent.net.