баннер
24 Apr 2025
06:25

    26-fevral kungi ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

    Ertaga Respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi bor.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Xorazm viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzgidromet agentligi” shu yilning 25-28-fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi borligini eʼlon qilgandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech