29-iyul kuni Oʻzbekistonga AQSHdan 3 million doza vaksina keladi

    Salomatlik 27 Iyul 2021 1386

    AQSH COVAX dasturi doirasida 3 million doza Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini begʻaraz yordam sifatida ajratdi.

    Moderna Jahon vaksinalar kongressi tomonidan koronavirusga qarshi eng yaxshi vaksina deb topilgan. Ushbu preparatning samaradorligi 94% dan yuqori, emlash kursi bir oy oraligʻida qoʻllaniladigan 2 dozadan iborat.

    Moderna vaksinasini boshqa preparatlardan farqli oʻlaroq oddiy sovutgichda saqlash mumkin, bu uni keyinchalik Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqatilishini osonlashtiradi.