29 ta korxona ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi

    Ularga qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan.

    «Raqobat toʻgʻrisida«gi Qonuniga muvofiq agar xoʻjalik yurituvchi subyektga yoki shaxslar guruhiga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish yoxud olish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mutlaq va (yoki) eksklyuziv huquq berilgan boʻlsa, ustun mavqega ega deb eʼtirof etish belgilangan.

    Yuqoridagilarga koʻra, Raqobat qoʻmitasi tomonidan 29 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega deb eʼtirof etildi. Bu hakda Raqobat qoʻmitasi Matbuot xizmati xabar qildi.

    Ustun mavqega ega deb eʼtirof etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan ushbu havola orqali tanishing.