DXX xabar berilishicha, "oʻzbek-qirgʻiz" davlat chegarasining Fargʻona tumani hududidan oʻtuvchi qismida nomaʼlum shaxslar tomonidan qoʻshni respublikadan kontrabanda qilinib, qoldirib ketilgan 3 dona qopda umumiy qiymati 3 mlrd 297 mln soʻmni tashkil etuvchi 30 660 dona "Regapen" va 925 dona "Tropikamid" kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu noqonuniy yuklarning egalarini qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.