3-noyabrdan boshlab Chevrolet Cobalt uchun kontraktatsiya ochiladi

    Sanoat 15 Oktabr 2025 1557

    “UzAuto Motors” AJ yangi Chevrolet Cobalt modifikatsiyalari ommaviy ishlab chiqarilishi boshlaganini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyalari xaridorlarga ikkita Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalarida taqdim etiladi. Yangi modifikatsiyalarda avtomobilning umumiy hisobda hammasi boʻlib 50 dan ortiq muhim komponentlari yangilandi.

    Yangi komplektatsiyalar uchun tavsiya etilgan chakana narxlar quyidagicha ekan:

    • Style MCM – 156 100 000 soʻm
    • Midnight MCM – 165 200 000 soʻm.

    Shu bilan birga, Chevrolet Cobalt avtomobilining mavjud komplektatsiyalari mijozlar uchun avvalgi narxlarda, oʻzgarishsiz tarzda taqdim etiladi:

    • Style AT Plus – 147 916 000 soʻm
    • Midnight AT – 155 231 000 soʻm.

    2025-yil 3-noyabrdan boshlab barcha Chevrolet dilerlik markazlarida mijozlar uchun Chevrolet Cobalt avtomobilining mavjud komplektatsiyalarga qoʻshimcha ravishda yangi Chevrolet Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalari taqdim etiladi.