Respublika taʼlim markazi va «TRANSFORMERS Education» oʻquv markazi hamkorlikda Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirish maqsadida bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini oʻqitish dasturini ishlab chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Oʻquv kursini tashkil etish yuzasidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, 75% Texnologiya fani oʻqituvchilari onlayn kurslar tashkil etish taklifini bildirgan.
Koʻp sonli oʻqituvchilar takliflarini inobatga olgan holda, “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursiga start berildi.
Onlayn oʻquv kursiga roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: @RTM_Texnologiya_malaka_oshirish
Roʻyxatga olish 25-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Oʻquv kursining birinchi darsi Texnologiya fanining maqsad vazifalariga bagʻishlangan ochiq dars tarzida oʻtkaziladi. Soʻng dars oluvchilar telegram ijtimoiy tarmogʻida maxsus guruhlarga boʻlingan holda, Zoom platformasi orqali oʻquvlarni davom ettiradilar. Darslar platformalarda ishtirokchilar bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatilib, zarur savollarga munosabat bildirilgan holda tashkil etiladi.
3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursi tashkil etilmoqda
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi maʼlum qildi.
Oçiq osmon ostida mahorat maktabi
- “Intil” markazida xorijda ishlashga maqsadli tayyorgarlik yoʻlga qoʻyilgan
- "Imarat Development" quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov protsessual tartibda uşlandi
- Mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi
- Xazonlarni yoqiş taqiqlangan: qoidabuzarlarga jarima solinadi
- “Yaşil konditsioner”– xona ösimliklari uy havosini qanday özgartiradi?