Respublika taʼlim markazi va «TRANSFORMERS Education» oʻquv markazi hamkorlikda Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirish maqsadida bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini oʻqitish dasturini ishlab chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Oʻquv kursini tashkil etish yuzasidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra, 75% Texnologiya fani oʻqituvchilari onlayn kurslar tashkil etish taklifini bildirgan.
Koʻp sonli oʻqituvchilar takliflarini inobatga olgan holda, “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursiga start berildi.
Onlayn oʻquv kursiga roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: @RTM_Texnologiya_malaka_oshirish
Roʻyxatga olish 25-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Oʻquv kursining birinchi darsi Texnologiya fanining maqsad vazifalariga bagʻishlangan ochiq dars tarzida oʻtkaziladi. Soʻng dars oluvchilar telegram ijtimoiy tarmogʻida maxsus guruhlarga boʻlingan holda, Zoom platformasi orqali oʻquvlarni davom ettiradilar. Darslar platformalarda ishtirokchilar bilan ikki tomonlama aloqa oʻrnatilib, zarur savollarga munosabat bildirilgan holda tashkil etiladi.
3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursi tashkil etilmoqda
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi maʼlum qildi.
14 mingdan ortiq tadbirkorning muammosi bartaraf etildi
- 1-kurs talabalari uchun yotoqxonaga joylashish boʻyicha ariza qabul qilish boshlandi
- OKMK yana bir xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi
- Neft narxi yana ko‘tarildi
- Surxondaryoda Xitoy investorlari bilan 6,2 milliard dollarlik 63 ta loyiha boʻyicha kelishuvga erishildi
- Oʻzbekiston Suriyaga 5 million dollarlik elektrotexnika mahsulotlarini eksport qiladi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Samarqandda tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan «Mercedes-Benz» haydovchisi jarimaga tortildi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- “Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan barsetka egasiga qaytarildi
- Bugun tunda yilning eng noyob meteor yomg‘iri kuzatiladi
- Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish ishlari boshlandi