Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urgut tumandagi “O.A.” fermer xoʻjaligi rahbari O.X., Navoiy viloyatidagi “Y.O.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari va Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi M.A. lar tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab olgani aniqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu shaxslar jami hisobda 631.1 mln. soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.