3 ta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻstonliq va Zangiota tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga tekshiruvlarda ushbu tumanlarda yashovchi fuqarolar A.B. va A.A. “Baliqchilik” xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonida hamda yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga yashirin ravishda ulanib, jami 270,8 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

    Shu kabi, Departamentning Nurobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.X. oʻziga tegishli noturar joy binosida elektron gaz hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha ulanib, jami 116, 7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Shuningdek, Departamentning Qarshi shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. “Buyuk Turon” MFY hududida joylashgan muzlatkich xonasini elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 107,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.