3 ta yuk avtomashina ishtirokidagi mudhish YTH

    Tashvishli xabar 4 Iyun 2020 3293

    Natijada “Sams” yuk mashina haydovchisi A.R. va “Isuzu” yuk avtomashinadan birining haydovchisi A.G'., lar hodisa joyida vafot etganlar, ikkinchi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinaning haydovchisi N.R., shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

    Namangan. 2020 yilning 04 iyul` kuni soat 05:00 da 63 yoshli A.R., boshqaruvida bo'lgan “Sams” rusumli yuk avtomashinani Pop tumani “Ko'shminor” MFY hududidan o'tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil` yo'lining 227 kilometrida boshqarib ketayotganida, tormoz tizimi ishlamay qolishi natijasida harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, shu yo'nalish bo'yicha yo'lning chetida to'xtab turgan 26 yoshli A.G'., ning boshqaruvida bo'lgan “Isuzu” yuk avtomashinaga va 26 yoshli N.R., ning boshqaruvida bo'lgan ikkinchi “Isuzu” yuk avtomashinaning orqa qismiga urilib, ag'darilgan xamda “Sams” yuk avtoavtomashinaning kabina qismida yong'in yuzaga kelgan.

    Natijada “Sams” yuk mashina haydovchisi A.R. va “Isuzu” yuk avtomashinadan birining haydovchisi A.G'., lar hodisa joyida vafot etganlar, ikkinchi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinaning haydovchisi N.R., shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

    Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o'limiga sabab bo'lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    O'zbekiston Respublikasi

    IIV huzuridagi Tergov departamenti