Bu bayram 1922-yil 30-avgustda yunon-turk urushidagi soʻnggi jang boʻlgan Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi gʻalabaga bagʻishlanadi. Jangdan keyin yunonlarning Anadoludagi hukmronligi tugadi. Gʻalaba kuni 1926-yildan buyon rasmiy bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Birinchi marta 1923-yil 30-avgustda nishonlangan.

2024-yil 30-avgust kuni Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Elchixonasi tomonidan Gʻalaba Bayramining 102-yilligi nishonlanadigan tadbir tashkil etiladi. Bu tadbirni Elchi janoblari Olgan Bekar, Elchixonaning Harbiy Attashesi polkovnik Metin Kaya oʻz nutqlari bilan ochib beradilar.

Mazmunli tadbirdan soʻng, mehmonlar uchun ziyofat dasturxoni taqdim etiladi.