Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchiga “Chortoq Momiq Quyonlari” MCHJ bilan 20.11.2020 yil kungi tuzilgan shartnomaga ko‘ra, “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida 24 million so‘mlik zotli quyonlar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq, shartnomada ko‘rsatilgan talab haligacha bajarilmagan.
Ushbu murojaat o‘rganilishi jarayonida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudiga a’riza kiritildi. Shundan so‘ng sud qaroriga asosan keltirilgan ma’naviy zararni ham inobatga olib 24 million 500 ming so‘m mablag‘ iste’molchi foydasiga hal etildi.
Yana bir murojaat Farg‘ona shahrida yashovchi iste’molchi tomonidan kelgan bo‘lib, unda iste’molchi 2020 yilning sentabr oyida o‘zi yashab turgan hududdagi yakka tartibdagi tadbirkor X.B.ga qarashli savdo do‘konidan VESSEN rusumli isitish qozoni (kotyol)ni uch yillik kafolat muddati bilan 5 million 500 ming) so‘mga sotib olib, mutaxassis yordamida xonadoniga o‘rnatgan. Lekin shu yilning fevral oylariga kelib, ya’ni oradan besh oy o‘tgach isitish qozonida nuqsonlar kuzatila boshlagan. U sotuvchiga bu boradagi e’tirozlarini bir necha bor bildirgan bo‘lsa-da, hech qanday o‘zgarish bo‘lmaganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat federatsiya xodimlari tomonidan o‘rganilishi natijasida isitish qozoni uchun to‘langan 5 milion 500 ming so‘m mablag‘ iste’molchi foydasiga undirib berildi.