2019 yilda eri vafotidan keyin yolg'iz o'zi qolgan ayol tumanning “Uzun” qishloq fuqarolar yig'ini hududidagi qishloq xo'jaligi mashinalarini ta'mirlash ustaxonasida yashab kelayotgan edi.
Galina Nikolaevna o'zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo'qolgani sababli, sobiq ittifoq tarqalib ketgandan keyin ortda qolgan 30 yil davomida Konstitutsiyamiz tomonidan belgilab qo'yilgan haq-huquqlari va imtiyozlardan foydalana olmadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasi mutasaddilari aralashuvi natijasida tegishli idoralar bilan xamqorlikda dastlab Galina Vorkunovaning yo'qolgan hujjatlari qayta tiklandi. Undan keyin O'zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti topshirildi.
Onaxon kuni kecha birinchi marta davlat tomonidan o'zi uchun belgilangan 315 ming 30 so'm yoshga doir pensiya puli va 50 ming so'm miqdordagi kompensatsiyani qo'liga oldi. G.Vorkunova davlatimiz, Prezidentimizning e'tibori va g'amxo'rligidan bosh osmonga etganini ma'lum qildi.
Xudoyberdi KARIMOV,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri