Jumladan, Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda sohaviy xizmat xodimlari tomonidan “Qora dori-2020” keng qamrovli tadbiri davomida, tarkibida narkotik moddalari boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish bilan bogʻliq 100 ta holat aniqlanib, 715 kvadrat metr yer maydonidagi koʻknor va kannabis kabi giyohvandlik oʻsimliklari yoʻq qilindi.
Bundan tashqari, 17 ta giyohvandlik vositalarini sotish va 51 ta giyohvand moddalarni saqlash bilan bogʻliq jinoyatlar fosh etilib, 52 kg dan ziyod narkotik moddalari noqonuniy muomaladan olingan.
Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Toshkent viloyati boʻyicha giyohvandlik bilan bogʻliq jami 327 ta holatlar aniqlangan boʻlsa, natijada 83 kg dan ortiq narkotik moddalari noqonuniy muomaladan olingan. Tadbirlar davomida 300 nafardan ortiq shaxslar qoʻlga olingan va ularga jinoiy ish ochilgan.
Shu bilan birga, tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan, inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq 30 dan ziyod holatlar aniqlangan boʻlib, uning ortidan 35 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushlangan shaxslar va ular orqali sof qiymati 343 million soʻmga teng boʻlgan, jami 42 ming 880 dona shu turdagi moddalar noqonuniy muomaladan olingan.
Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrilgan.
Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati