Ushbu kunning nishonlanishi asosiy sababi 1 aprel hazillar kuniga bog‘liq.
Ko‘p yillar mobaynida xakerlar tomonidan 1 aprel kuni hazil tariqasida ma’lumotlarga zarar keltiruvchi viruslarni tarqatish odatiy tusiga aylanib qolgan.
Shuning uchun ham "Byeskup day" barchaga o‘z ma’lumotlarini zahirasini yaratish kerak ekanligini eslatuvchi kun hisoblanadi.
Bugungi kunga kelib insonlar birgina telefon yoki kompyuter qurilmalariga ishongan holda ularda muhim ma’lumotlarini (rasm, video, hujjatlar va boshqalar) saqlab kelmoqda.
Ammo qurilmalaringiz ko‘ngilsiz hodisa sababli birdaniga nosoz holga kelib qolsa yoki yo‘qotilsa undagi muhim ma’lumotlaringiz ham yo‘qotilishi mumkin.
Shu sababli Siz uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni nusxa zaxirasini yaratishni tavsiya etamiz, deyiladi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi bergan ma’lumotda.