Joriy yil 1-2-iyul kunlari Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya hududlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun Qirgʻizistonning Norin viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida oʻtkazilgan biznes-forum yakunlariga koʻra, Norin viloyatiga koʻchat va velosipedlarlarni yetkazish, oʻzaro turistlar almashish yuzasidan umumiy qiymati 3,48 mln. dollarlik 3 ta eksport shartnomalari tuzildi.

Shuningdek, Norin viloyatidan 50 ming tonna tirik vazndagi goʻsht, 60 ming tonna kartoshka mahsulotlarini Fargʻona viloyatiga keltirish, Fargʻona shahridagi “Charm toʻp kelajagi” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan sport toʻplarini sotish uchun Oʻsh-Norin yoʻlida 10 ta savdo doʻkonlari tarmogʻini yaratish kabi yana bir qator boshqa kelishuvlarga ham erishildi.