Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2025/2026 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etgan.

1991/1992 oʻquv yilida respublikada 8 557 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti mavjud boʻlgan.

Maktablar soni keyingi yillarda quyidagicha oʻzgargan:

  • 1995/1996 oʻquv yili — 9 289 ta;
  • 2000/2001 oʻquv yili — 9 726 ta;
  • 2005/2006 oʻquv yili — 9 803 ta;
  • 2010/2011 oʻquv yili — 9 806 ta;
  • 2015/2016 oʻquv yili — 9 720 ta;
  • 2020/2021 oʻquv yili — 10 181 ta;
  • 2021/2022 oʻquv yili — 10 289 ta;
  • 2022/2023 oʻquv yili — 10 522 ta;
  • 2023/2024 oʻquv yili — 10 750 ta;
  • 2024/2025 oʻquv yili — 10 943 ta;
  • 2025/2026 oʻquv yili — 11 118 ta.

Shunday qilib, 1991/1992 oʻquv yilidagi 8 557 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti soni 2025/2026 oʻquv yiliga kelib 11 118 taga yetgan.