Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko'ra, joriy yilning 3—5-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg'irlar yog'ishi sababli, respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida, jumladan;

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G'uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho'rchi, Qumqorg'on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrabot, Kattaqo'rg'on, Poyariq. Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor. Nurota. Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allorol, SHarof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo'stonliq, Parkent, Piskent. O'rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo'rg'on tumanlarida;

Farg'ona viloyati: So'x, Farg'ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon. Asaka, Jalalquduq, Qo'rg'ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo'jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Bunday hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko'rish so'raladi.