Biroq bizda ayrim tibbiyot muassasalari aholi uchun uzoq va noqulay joylashgan. 3 mingdan ortiq mahallada yashovchilar oilaviy shifokor punktiga borish uchun 10 kilometrdan 75 kilometrgacha yoʻl bosishga majbur edi.

Shundan kelib chiqib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan birlamchi tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish va ularning tarmogʻini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi doirasida 2022-yilda 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika, shuningdek, 1 002 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilishi belgilangan edi. Joriy yilning oʻtgan 9 oyida bu yoʻnalishda qanday ishlar amalga oshirildi?

Yil boshidan buyon joylarda:

      • 81 ta oilaviy shifokorlik punkti,
      • 25 ta oilaviy poliklinika,
      • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etildi.

Natijada 3,5 million nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtirildi.

Yil yakunigacha hududlarda yana:

30 ta oilaviy poliklinika,

298 ta mahalla tibbiyot punkti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Buning natijasida qoʻshimcha 700 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtiriladi.

Shuningdek, 500 ta birlamchi tibbiyot muassasasi hamda mahalla tibbiyot punktlariga 2 865 kVt.li quyosh panellari oʻrnatiladi.

Birlamchi tizim muassasalariga markazlashtirilgan holda 33 turdagi, 136 milliard soʻmlik asosiy dori vositalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan yetkazib berilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati