Joriy yilning dastlabki 9 oyida 591 ta korxonaning 4995 ta manbasida monitoring oʻtkazildi. Bunda 212 ta obyektning 489 ta manbasida meʼyordan ortiq ifloslantirish aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etildi.
“Toza havo” tadbirining birinchi va ikkinchi bosqichlarida jami 270 344 ta avtotransport vositasi koʻrikdan oʻtkazilib, ularning 9 113 tasi yoki 3,4 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori belgilangan meʼyorlardan yuqoriligi aniqlangan. Ularning 2 986 tasi vaqtincha toʻxtatilishi evaziga bir kunda oʻrtacha 102 tonna zararli gazlar tashlanishining oldi olindi.
Atrof-muhitga yuqori va oʻrta xavfli taʼsir etuvchi 240 ta sanoat korxonalarida zamonaviy lokal oqova suv tozalash inshootlarini oʻrnatish va mavjudlarini modernizatsiyalash dasturi tasdiqlanib, hozirga qadar 37 ta korxonada inshootlar qurilgan, 85 tasida ishlar davom ettirilmoqda.
Respublika hududining 90 foizi sanitar tozalash xizmatlari bilan taʼminlandi va yil boshiga nisbatan 8 foizga oʻsdi.
Respublikada bir yilda oʻrtacha hosil boʻlayotgan 7,1 mln tonna maishiy chiqindilarning 0,7 mln tonnasi qayta ishlashga jalb qilinib, qayta ishlash darajasi 21,9 foizdan 25 foizgacha yetkazildi.
36 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlarining rekultivatsiya qilish natjasida 223 ga yer maydonlari davlat zahirasiga topshirildi va 0,7 mln tonna issiqxona gazlari atmosferaga tashlanishining oldi olindi.
Maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida hududlarni davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlik subyektlariga biriktirish boʻyicha 6 ta bitim imzolandi, 14 ta loyiha tenderi oʻtkazilmoqda, 1 tasi boʻyicha konsepsiya tasdiqlanib eʼlonga qoʻyildi hamda 24 tasining hujjati tayyorlanmoqda.
Davlat ekologik nazorati doirasida 36 mingdan ortiq reydlar oʻtkazildi, 59 mingdan ortiq profilaktika tadbirlari olib borildi.
Hududiy boʻlinmalar, tuman (shahar) inspeksiyalari 51 dona transport vositalari bilan taʼminlandi.
663 ta davlat inspektorlaridan iborat 221 ta tezkor nazorat guruhlari tashkil etilib, ularga 61 ta transport biriktirildi.
Qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 34 275 nafar shaxs aniqlandi.
32 mlrd. soʻm maʼmuriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblandi.
1365 ta holat boʻyicha 15 mlrd. soʻm jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritildi.
12 ta holat boʻyicha 1,6 mlrd. soʻmlik daʼvolar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.
Huquqbuzarlardan 376 dona hayvon va parranda, 1,9 tn baliq, 49 637 kg dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklar, 1520 m³ oʻtin, 45 ta ov quroli va 570 ta aslahalar olib qoʻyilgan.
1034 m3 saksovullarni noqonuniy kesgan 372 nafar huquqbuzarga 822 mln.soʻm jarima va zararlar belgilandi.
Daraxt va butalarni noqonuniy kesgan 3529 ta (89 nafar mansabdor shaxs) shaxslarga 4,5 mlrd. soʻm maʼmuriy jarima va 8,6 mlrd. soʻm zarar belgilandi.
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida oʻtkazilgan 1518 ta nazorat tadbirlarida 410 ta huquqbuzarlarga 648 mln. soʻm jarima va tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va oʻsimlik turlarini respublikaga olib kirish va chetga olib chiqishga 224 ta, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi hayvonot turlarini olib kirish va chetga olib chiqish uchun 196 ta ruxsatnomalar berildi.
Davlat kadastri suv muhofaza zonalarining 245 ta hamda oʻsimlik dunyosi obyektlarining 166 ta turlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, Davlat kadastrlari yagona tizmiga kiritildi.
Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent, Surxandaryo, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari suv havzalarida oʻtkazilgan ekspeditsiyada jami 89 turdagi umumiy soni 330 mingdan ortiq qushlar hisobga olindi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 14 ta transport vositasi bilan taʼminlandi.
Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan ekotruzimni tashkil etish ishlariga Quyi Amudaryo Davlat biosfera rezervatiga 1,8 mlrd.soʻm, Jayron pitomnigiga 2,46 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi.
Daraxtlarni kesishga eʼlon qilingan moratoriy davrida 392 ming 462 tup daraxt va butalarni kesish va koʻchirib oʻtkazish boʻyicha 4961 ta murojaatlar oʻrganib chiqildi va 351 ming 767 tup daraxtlarning kesilishi rad etildi.
Sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan OAV vakillari uchun respublika miqyosida 33 ta hamda hududlar kesimida 173 brifing va matbuot anjumani, davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, 6 ta ijtimoiy rolik tayyorlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 6 mingdan ortiq postlar joylashtirildi.