Prezidentimiz zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.

Turizm qoʻmitasi hokimliklar bilan birgalikda 36 ta tuman va shaharni etno, gastronomik, tibbiy, ekstremal, madaniy-tarixiy, ziyorat, qishki va agroturizm asosida rivojlantirish boʻyicha katta dastur tasdiqlaydi.

Masalan, Sariosiyo tumani hududining asosiy qismi togʻlardan iborat boʻlib, qishki turizm uchun katta salohiyat mavjud. Bu yerda dor yoʻli, mehmonxona va savdo-servis xizmatlari sohasida 200 million dollarlik loyihalar qilsa boʻladi.

Yana bir misol, Chortoq oʻzining shifobaxsh suvlari bilan mashhur boʻlsa-da, tuman hokimi yangi loyiha qilish uyoqda tursin, bor sanatoriyalarga ham xorijiy sayyoh olib kela olmayapti.

Yoki, Moʻynoqda har yili oʻtadigan “Stixiya” musiqa festivaliga kelgan sayyohlarni koʻproq olib qolish uchun yangi tashabbuslar kerak.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 36 ta tuman va shahar boʻyicha master rejalar ishlab chiqishni tezlatib, loyihalarni oʻz vaqtida moliyalashtirish topshirildi.