Ta'kidlanishicha, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ijro hujjatlari bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 7 oyida moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 37 milliard 300 million so'mlik aliment pullari undirildi, 4 milliard 200 million so'mlik (31 ta) uy-joy va 1,5 milliard so'mlik (15 ta) transport vositasi aliment uchun oldindan to'lov sifatida berilishi ta'minlandi.
Hozirda, yagona axborot tizimiga 293 mingdan ziyod aliment oluvchi va to'lovchi haqidagi ma'lumotlar kiritilib, ijro harakatlarini “onlayn” rejimda tanishib borish imkoni yaratildi.
Respublikamizdagi har bir aliment oluvchi nomiga bank hisob-varag'i ochilib, ularga 98 ming dona plastik kartochka tarqatildi.
Shuningdek, aliment to'lash uchun istagi bo'lib, ish masalasida yechim topolmagan 34 ming 402 nafar ishsiz aliment to'lovchining ish bandligi hal qilindi.