Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda.
Yunusobod tumanidagi 44 ta maktabni oʻtgan yili 4 ming 400 nafar oʻquvchi bitirgan boʻlib, 1 mingtasi IELTSdan yuqori ball olgan. Ulardan 3,5 mingtasi yoki 78 foizi oliygohlarga kirgan.
Bunday natijaning sabablaridan biri – maktablarning 2-3 tadan sinf xonasi shartnoma asosida xususiy oʻquv markazlariga darsdan keyin foydalanish uchun berilgan.
Bu tajribani kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.