Moliya vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, qarorga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda yashovchi yuqorida qayd etilgan toifadagi fuqarolarga har biriga - 300 ming soʻmdan, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolarga esa – 400 ming soʻmdan moddiy yordam ajratiladi.

Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 4 mln 647 mingdan ziyod kam taʼminlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam taʼminlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga toʻlmagan bolasiga – 200 ming soʻmdan moddiy yordam berish uchun 929,5 mlrd.soʻm mablagʻlar Davlat byudjeti hisobidan ajratildi.

Qarorga muvofiq, bir nechta toifa boʻyicha bir martalik moddiy yordam olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarga bir martalik moddiy yordam har bir toifa boʻyicha toʻlab beriladi.

Joriy yilning 27-may holatiga plastik kartalari orqali pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning 96 foziga yoki (1 569 ming fuqaroga)

473,5 mlrd. soʻmlik mablagʻlar bank plastik kartalariga yuklab berilgan boʻlib qolgan qismini yuklanishi nazoratga olingan.

Shuningdek, Xalq bankining joylardagi filiallari orqali naqd pul shaklida toʻlovlar sayyor kassalar orqali toʻlanishi boshlandi. Mazkur toʻlovlar joriy yil 8-iyunga qadar yakunlanadi.

Pensiya jamgʻarmasi hisobida turuvchi jami 4 mln 256 mingdan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilarga tulov qaydnomalarini shakllantirib aksiyadorlik tijorat Xalq banki va boshqa tijorat banklariga yetkazib berildi hamda 1 314,3 mlrd.soʻm moliyalashtirib berildi.