Tadbirda fuqarolar A.I. va N.N.lar oldindan oʻzaro til biriktirib, 3 600 AQSH dollarini fuqaro Sh.ga 40 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.Z. 3 400 AQSH dollarini fuqaro A.ga 37,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yoki, Yakkabogʻ tumanida DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa, fuqaro A.R. 3 000 AQSH dollarini 33,3 mln soʻmga fuqaro O.ga sotgan vaqtida ushlanib, jami 3 100 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shundan, Mirishkor tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar K.D. va T.M.lar oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.ga 3 300 AQSH dollarini 36,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, yuqoridagi fuqarolarning harakatlari boʻyicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shugʻullanib kelganliklari maʼlum boʻlgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, chet el valyutasini ayirboshlashni faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali amalga oshirishingizni soʻrab qolamiz, bu bilan nafaqat oʻzingizni asragan boʻlasiz, balki qalbaki valyuta qimmatliklariga duch kelishni oldini olasiz.